"NÁBOJ MATHEMATICS" OLIMPIADASI
1. Umumiy ma’lumot
Náboj Mathematics – bu matematika bo‘yicha jamoaviy olimpiada bo‘lib, butun dunyodan iqtidorli o‘quvchilar va talabalarni jamlaydi. Olimpiada har yili turli davlatlarda bir vaqtning o‘zida o‘tkazilib, ishtirokchilarga murakkab va qiziqarli masalalarni yechish imkoniyatini beradi.
Musobaqa dunyoning bir necha shaharlarida bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladi. Natijalar real vaqt rejimida yangilanib boradi va jamoalar jonli reyting orqali bellashadilar.
2. O‘tkazilish sanasi va joyi
📅 Sana: 2025-yil 14-mart
Toshkent
📍 Manzil: Artel Technical School - 28, Qatortol ko`chasi, Chilonzor, Toshkent.
Samarqand
📍 Manzil: Cambridge Unit Scool maktabi (podval va uchinchi qavat faollar zali) - Ozod Sharq ko’chasi 2 uy, 140100, Samarqand, O’zbekiston.
🕒 Jadval:
• 14:00-14:45 Ishtirokchilarning kelishi, jamoalarni ro’yxatga olish va ro’yxatdan o’tkazish
• 14:45-15:00 Dastlabki nutq
• 15:00-15:20 Tashkilotchilar va ishtirokchilar yig’ilishi va qoidalar muhokamasi
• 15:20-15:30 Yakuniy texnik tayyorgarlik
• 15:30-17:30 Náboj matematika olimpiadasini o’tkazish
• 18:30-20:00 Tashkilotchilar nutqi, taqdirlash marosimi
3. Ishtirokchilar va format
🔹 Olimpiadada umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kollej o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
🔹 Har bir jamoa 4 yoki 5 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lib, jamoa a’zolari bitta maktabdan bo‘lishi shart.
🔹 Olimpiada ikkita toifa bo‘yicha o‘tkaziladi:
* Junior – bitiruvchi sinf va undan oldingi sinf o‘quvchilari ishtirok eta olmaydi.
* Senior – har qanday sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
4. Musobaqa boshlanishi
* Ishtirokchilar belgilangan vaqtda musobaqa joyiga yetib kelishlari shart.
* Musobaqa boshlanishidan oldin har bir jamoaga muhrlangan konvert beriladi, unda 6 ta masala mavjud.
* Musobaqa tashkilotchilarining ruxsatisiz konvertni ochish taqiqlanadi.
5. Masalalarni yechish tartibi
* Jamoalar bir vaqtning o‘zida istalgan masalani ishlashlari mumkin.
* Har bir masalaning javobi odatda bitta son bo‘ladi.
* To‘g‘ri javob topilgandan so‘ng, jamoaning bir a’zosi javobni nazorat punktiga olib boradi.
* Nazoratchi (Corrector) natijani tekshiradi:
* Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa, uni maxsus belgi bilan tasdiqlaydi.
* Agar javob noto‘g‘ri bo‘lsa, jamoa yana urinishi mumkin.
* 3 ta noto‘g‘ri urinishdan so‘ng, to‘liq yechim talab qilinishi mumkin.
6. G‘oliblarni aniqlash
🏆 G‘olib jamoa – eng ko‘p masala yechgan jamoa.
* Agar bir nechta jamoa bir xil masala yechgan bo‘lsa, eng yuqori tartib raqamli masala yechgan jamoa g‘olib deb topiladi.
* Agar hammasi bir xil bo‘lsa, oxirgi to‘g‘ri yechim topshirilgan vaqt hisobga olinadi.
7. Ruxsat berilgan vositalar
✔ Qog‘oz va ruchka (yozish va chizish uchun)
❌ Elektron qurilmalar (kalkulyator, laptop, mobil telefon) taqiqlanadi
❌ Kitob, darslik yoki shaxsiy eslatmalardan foydalanish taqiqlanadi
❌ Boshqa jamoalar bilan muloqot qilish taqiqlanadi
8. Ro‘yxatdan o‘tish tartibi
Ro'yxatdan o'tish uchun Telegram orqali @iqtidorlaruz_admin ga murojaat qiling
9. Qo‘shimcha ma’lumot uchun
🌐 Veb-sayt: https://math.naboj.org/uz/uz/
🔗 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: iqtidorlar.uz
📞 Telefon raqam: +998943241050
🚀 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!