Kirish
Ko'rishlar soni
985

IMAS olimpiadasi uchun rasmiy yo'riqnoma

ISHTIROKCHILAR UCHUN RASMIY YO‘RIQNOMA

Hurmatli ishtirokchilar,

Olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashish uchun quyidagi yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qing va unga rioya qiling.


1. OLIMPIADADA ISHTIROK ETISH UCHUN KERAKLI HUJJATLAR VA JIHOZLAR

Olimpiadaga kelishda o‘zingiz bilan quyidagilarni olib kelishingiz shart:

Ko‘k yoki qora ruchka

✅ Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi yoki nusxasi)

Quyidagilarni olib kirishga ruxsat beriladi:

✔️ Chizg‘ich

Quyidagilarni olib kirish qat’iyan taqiqlanadi:

❌ Kalkulyator

❌ Mobil telefon va boshqa elektron qurilmalar



2. OLIMPIADA BOSHLANISHIDAN OLDIN SIZGA BERILADIGAN MATERIALLAR

* Savollar kitobi

* Javoblar varag‘i

* Sertifikat

* Qoralama qog‘oz

* Suv

* Futbolka



3. OLIMPIADA DAVOMIYLIGI

📌 Umumiy vaqt – 105 daqiqa

⏳ 90 daqiqa – masalalarni yechish uchun

📝 15 daqiqa – javob varaqasini to‘ldirish uchun

📢 Diqqat! Dastlab 75 daqiqa vaqt rejalashtirilgan bo‘lsa-da, adolatli baholashni ta’minlash maqsadida ishtirokchilarga qo‘shimcha vaqt ajratildi.



4. JAVOB VARAQASINI TO‘LDIRISH BO‘YICHA MUHIM QOIDALAR

📌 Javob varag‘idagi ID raqamingizni to‘g‘ri bo‘yashingiz shart!

📌 Javob varag‘ini faqat qora yoki ko‘k ruchka bilan to‘ldiring.

📌 Qizil ruchkadan foydalanmang! (Avtomatik tekshirish tizimi qizil rangni qabul qilmaydi.)

📍 Sizning ID raqamingizni topish mumkin:

* Sertifikatingizning chap pastki burchagida

* Xona nazoratchisi ro‘yxatida

* Iqtidorlar.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet” → “Profilim” bo‘limida

📌 Ism-familiyangiz va sinfingizni to‘g‘ri ko‘rsatish muhim! (Natijalaringizni to‘g‘ri qayd etish va bog‘lanish uchun.)

📌 Savollar kitobini o‘zingiz bilan olib ketishingiz mumkin, biroq javob varaqasini xona nazoratchisiga topshirish shart!

📌 Savollar kitobida belgilangan javoblar inobatga olinmaydi. Faqat javob varaqasida tegishli doiralarni to‘liq bo‘yash orqali javobni belgilashingiz kerak.

📌 Javob varaqasiga ortiqcha yozuvlar kiritish qat’iyan man etiladi! (Avtomatik tekshirish tizimi faqat belgilangan maydonlarni o‘qiydi.)



5. TEST TOPSHIRIQLARINING TUZILISHI

📌 Jami topshiriqlar soni – 25 ta

* 20 ta yopiq test (A, B, C, D, E variantlaridan to‘g‘ri javobni tanlash)

* 5 ta ochiq test (0 dan 999 gacha bo‘lgan butun sonlar orqali ifodalangan javob)

📌 Muhim! Ochiq test javoblari quyidagicha bo‘yalishi kerak:

* Agar javob 7 bo‘lsa, 007 deb bo‘yash kerak.

* Agar javob 89 bo‘lsa, 089 deb bo‘yash kerak.

📌 Masalalar qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib borish tartibida joylashtirilgan.

📌 Noto‘g‘ri javob uchun jarima ball olinmaydi.

📌 Javob varag‘ining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun shaxsan o‘zingiz javobgarsiz.

* Bitta savolga bir nechta javob belgilansa, u inobatga olinmaydi!


⚠️ Ushbu yo‘riqnomadagi barcha qoidalarga rioya qilish barcha ishtirokchilar uchun majburiy hisoblanadi!

Sizga omad tilaymiz! 🎉

Sertifikatda ID

Javoblar varaqasi namuna

Tavsiyalar

Yana ham qiziqarli yangiliklar