Kirish

International Mathematics Assessment for Schools (IMAS)

Ushbu olimpiada uch xil kategoriyada o'tkaziladi: 3-4-sinflar, 5-6-sinflar va 7-8-sinflar uchun.

Olimpiada o’tkazilish manzili
Logo
Hududlarda
Olimpiada o’tkazilish sanasi
Logo
02.03.2025 10:00:00

IMAS Xalqaro Matematika Olimpiadasi

📢 IMAS (International Mathematics Assessments for Schools) – bu 3-8-sinf o‘quvchilari uchun o‘tkaziladigan xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib, ikki bosqichdan iborat. Olimpiada maktab o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.

 

📌 Olimpiada kategoriyalari:

IMAS olimpiadasi 3 ta kategoriyada o‘tkaziladi:

* Middle Primary – 3-4-sinf o‘quvchilari

* Upper Primary – 5-6-sinf o‘quvchilari

* Junior Secondary – 7-8-sinf o‘quvchilari

Har bir kategoriya uchun savollar darajasi va murakkablik mezonlari alohida ishlab chiqilgan.

 

📌 Olimpiada bosqichlari va formati:

1-bosqich:

🗓 O‘tkazilish sanasi: 2025-yil 2-mart

📍 O‘tkazilish joyi: 14 ta hudud (aniq manzillar 25-fevralda e’lon qilinadi)

📝 Savollar tili: O‘zbek, Rus, Ingliz

🔢 Savollar soni: 25 ta

Ajratilgan vaqt: 75 daqiqa

🎯 Baholash tizimi:

* Oson savollar (1-10) – har biri 3 balldan

* O‘rtacha savollar (11-20) – har biri 4 balldan

* Murakkab savollar (21-25) – har biri 6 balldan

* Maksimal ball: 100

🏆 Sertifikatlar (1-bosqich natijalariga ko'ra):

* High Distinction sertifikati – 95% va undan yuqori natija ko'rsatgan ishtirokchilar

* Distinction sertifikati – 85% – 95% natija ko'rsatgan ishtirokchilar

* Credit sertifikati – 50% – 85% natija ko'rsatgan ishtirokchilar

* Participation sertifikati – 50% dan kam natija ko'rsatgan ishtirokchilar

 

📌 Birinchi bosqich ishtirokchilari orasidan eng yuqori natija ko‘rsatgan 10% ishtirokchilar 2-bosqichga yo‘llanma oladi.

 

🎁 Birinchi bosqich uchun mukofot jamg‘armasi:

🏆 Eng faol maktab jamoalariga umumiy qiymati 120 mln so‘m bo‘lgan  kitoblar jamlanmasi taqdim qilinadi.

📖 Hududiy sovrinlar:

Har bir hududdan eng ko’p o’quvchi ishtirok etgan bitta maktabga 15 ta kitobdan iborat kitoblar jamlanmasi sovg’a qilinadi.

📚 Kitob jamlanmalarining tarkibi:

✔ Dunyoga mashhur bo‘lgan AQShning “XYZ press” nashriyotida chop qilingan 11 ta ingliz tilidagi olimpiada kitoblari

✔ Mualliflari xalqaro olimpiada sovrindorlari bo‘lgan va  Iqtidor press” nashriyoti tomonidan chop qilingan 4 ta o‘zbek tilidagi olimpiada kitoblari

 

2-bosqich:

🗓 O‘tkazilish sanasi: 2025-yil aprel oyida

📍 O‘tkazilish joyi: Toshkent shahri

📝 Savollar tili: O‘zbek, Rus, Ingliz

🔢 Savollar soni: 15 ta

Ajratilgan vaqt: 120 daqiqa

🎯 Baholash tizimi:

* Oson savollar (1-5) – har biri 4 balldan

* O‘rtacha savollar (6-13) – har biri 5 balldan

* Murakkab savollar (14-15) – har biri 20 balldan

* Maksimal ball: 100

🥇 Mukofotlar:

* 2-bosqich natijalariga ko'ra ishtirokchilarning 30%i oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlanadi

G'oliblar va ularning ustozlari uchun 50 mln so'mlik sovg'alar:

 i. Har bir kategoriya yo‘nalishida mutloq 1-o’rinni egallagan ishtirokchining ustoziga notebook;

ii. Har bir sinf kesimida (3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflarga alohida) 

          • 1-o’rinni egallagan o‘quvchining ustoziga – televizor;

          • 2-o’rinni egallagan o‘quvchining ustoziga – zamonaviy o‘quv anjomlari va Matematika oid super qo‘֥llanmalar to‘plami;

          • 3-o’rinni egallagan o‘quvchining ustoziga –  zamonaviy o‘quv anjomlari va Matematika oid super qo‘֥llanmalar to‘plami;

🌏O’quvchilar uchun xalqaro imkoniyatlar: 

Ikkinchi bosqichda oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar:

3-4-5-sinf o’quvchilari - Malayziyada bo’lib o’tadigan xalqaro matematika musobaqasining saralash bosqichida qatnashish huquqiga ega

6-7-8-sinf o’quvchilari - Vetnamda bo’lib o’tadigan xalqaro matematika musobaqasining saralash bosqichida qatnashish huquqiga ega

IMAS-2026 da bepul ishtirok etish huquqiga ega

G‘oliblarga AQShning XYZ press va O‘zbekistonning Iqtidor Press nashriyotlari tomonidan maxsus matematika kitoblari to‘plami sovg‘a qilinadi.

 

📧 Biz bilan bog‘lanish:

  • +998 94 324-10-50
  • +998 94 546-10-50

Biz sizni kutib qolamiz!