Kirish

Xalqaro Jautikov Olimpiadasi (IZHO)

Xalqaro Jautikov Olimpiadasida O`zbekistonlik o`quvchilar har yili faol ishtirok etishmoqda

Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO) Milliy fizika-matematika maktabi hamda “Darin” Respublika ilmiy-amaliy markazi Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim vazirligi ko‘magida matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi.


Olimpiada oflayn tarzda oʻtkaziladi.


Olimpiadada jamoaviy ishtirok etish ham mumkin. Har bir jamoa 7 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lishi kerak: matematikadan 3 nafar ishtirokchi, fizikadan 2 nafar ishtirokchi va informatika fanidan 2 nafar ishtirokchi va guruh rahbarlari (matematika, fizika va informatika o‘qituvchilari). Guruh rahbari olimpiadaning uchta rasmiy tilidan istalgan birini bilishi kerak: qozoq, rus yoki ingliz. Har bir ishtirokchiga masalalarni o'z tilida yechishga ruxsat beriladi. Bir mamlakatdan bir nechta jamoa ishtirok etishi mumkin, ammo Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi bir mamlakat yoki shahardagi jamoalar sonini cheklash huquqiga ega.


Olimpiada natijalari har bir fan bo‘yicha individual ball bilan aniqlanadi. Jamoa reytingi ishtirokchilarning individual natijalari yig'indisi bilan belgilanadi. Eng yaxshi jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.


Individual ishtirokchilar ham Oltin, Kumush va Bronza medallari bilan taqdirlanadi.


⏱️ Ajratilgan vaqt: 

2 kun davomida 4 soat 30 minutdan


📝 Masalalar soni va ballar:

Har bir kunda 3 ta har xil qiyinlikdagi masala. Har bir masala 7 balldan baholanadi. Jami 42 ball.



Batafsil:

izho.kz

iqtidorlaruz


Biz sizni kutib qolamiz!